Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Farg‘ona viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro J.U. boshqaruvidagi “Mersedes Bens 416” rusumlik yuk avtomashinasi xonadonlardan biriga yetib kelganida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, avtomashina yukxonasida muqaddam O‘zbekiston Respublikasiga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 252 mln. 800 ming so‘mlik 230 dona televizorlar borligi aniqlandi. Shundan so‘ng, avtomashina kelib to‘xtagan fuqaro Q.A.ning xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Qarang-ki, bu yerda ham muqaddam aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 475 mln. 730 ming so‘mlik 380 dona televizorlar, shuningdek, 3 ming donaga yaqin turli kiyim-kechaklar borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davomida 728 mln. 530 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi