14:39 / 15.11.2019
4 050

«Tilla topib oldim, kimniki?»

«Tilla topib oldim, kimniki?»
Bir birodarim quyidagi e’lonni tarqatib berishimni iltimos qildi.
“Bu yigirma yillar oldingi gap. Aniqrog‘i, 23-26 yillar burun bo‘lgan.

Bir kuni bomdod vaqtidan keyin mahallalar orasidagi ko‘chada ketayotib, g‘alati narsaga ko‘zim tushdi. Engashib olishga erinib bir tepdim. Sal nariga borib tushdi, ammo endi yaltirab ketdi. Olib, u yoq-bu yog‘ini aylantirib ko‘rdim. G‘aroyib narsa ekan. Oldin hech ko‘rmaganman. Yoshligimizdagi kabi atrofimga alanglab, kimniki, kimniki, deb uch marta so‘radim.
Yoz payti bo‘lgani uchun quyosh chiqqan bo‘lsa-da, hali erta edi, ko‘chada hech kim ko‘rinmasdi. Topildiqni cho‘ntakka soldim. Keyin ishga borganimda o‘ris kampirga ko‘rsatdim. "Ux vы, – dedi momoy. – Bu eski zamonning tillosi-ku!" Topib oldim, desam, ishonmadi. "Senda yana bo‘lsa kerak bunaqa tillolardan, lekin bildirmaysan-a", dedi.

O‘sha paytlar juda qashshoq edim. Bir so‘m pulga muhtoj edim. Nafaqat o‘zimning oilam, balki kasalmand ota-onamga ham yordam berishim kerak edi. Xullas, shunaqa sabablar yoki bahonalar bilan tilloni pul qilib ishlatib yubordim. Salkam besh (5) gramm chiqqan.

Endi u tillo yo‘q. Kimlarning qo‘liga o‘tib ketdi, bilmayman. Ammo, hech bo‘lmasa, uning qiymatini egasiga qaytarmoqchiman. Egasini rozi qilmoqchiman. Haq qiyomatga qolmasin. Tilloning egasini topishga yordam beringlar, iltimos...”

Do‘stingiz mana shu iltimosini sizlarga yetkazishimni iltimos qildi. Men ham sizlardan iltimos qilaman, ushbu xabar iloji boricha ko‘proq tarqatilsa, ulashilsa, yetkazilsa. Zora, sizlar sababli Yaratgan Egam do‘stingizga bo‘ynidagi omonatni egasiga qaytarishni muyassar aylasa.

Tillo topilgan joy: Zangiota tuman markazidagi (xalq tilida: raysentr) ora ko‘chalardan birida.
Topilgan vaqti: taxminan 1993-96 yillar orasi.
Tilloning og‘irligi: salkam 5 gr.

Endi qanaqa tillo ekani aytilsa va topilmaga sifatlari to‘g‘ri kelsa, shu odamga o‘sha tilloning bugungi qiymati antikvar – noyobligi hisobga olingan holda qaytariladi.
Murojaat uchun raqam: + 99890 938 9559.
Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idan olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tilla topib oldim, kimniki?»