15:23 / 15.11.2019
1 914

Toshkent chorrahalarida yana bir yangi chizma belgisi. U nimani anglatadi?

Toshkent chorrahalarida yana bir yangi chizma belgisi. U nimani anglatadi?
Avval xabar berilganidek, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda xalqaro tajribaga asoslangan holda, sinov tariqasida shahar yo‘llarida tirbandlik bilan kurashishning yangi uslubini joriy qilishmoqda.

O‘tgan haftada poytaxtdagi bir necha chorrahalarda tashqi ko‘rinishi sababli xalq tilida «vafli chizmasi» deb nomlanuvchi yangi yo‘l chizmasi yotqizilgandi.

Endi tirbandlik bilan kurashishga xizmat qiluvchi ikkinchi turdagi chizma ham qo‘llanila boshladi — u Amir Temur va Osiyo ko‘chalari chorrahasida («Qozog‘iston» kinoteatri) o‘rnatildi. Chizma «konvert» shaklida bo‘ladi.

Qayd etilishicha, har ikkala chizma belgisi ham bir xil ma’noga ega va bir xil maqsadda qo‘llaniladi: tirbandlikning oldini olish.

«Ushbu muammo, ayniqsa, chorrahada svetofor ishlamayotgan hollarda yaqqol ko‘zga tashlanadi: hatto inspektor tomonidan harakat boshqarilib turilgan holatlarda ham aksariyat haydovchilar xodimning ruxsat beruvchi ko‘rsatmasini kutmasdan «o‘tib olish»ga harakat qilishadi. Bu esa mashinalar oqimining ko‘chalar chorrahasida yig‘ilib qolishiga va shu bilan harakatning butunlay to‘silib qo‘yishiga olib keladi. Natijada ushbu chorrahadan o‘tish barcha uchun muammoga aylanib qoladi va uni hal qilish uchun qo‘shimcha vaqt talab etiladi.

Bir necha keng ko‘cha chorrahalarida, tajriba belgilaridan tashqari vaqti balan o‘ngga burilish uchun qo‘shimcha yo‘llar tashkil qilinadi, bu esa tig‘ich paytda chorrahalarni yengillashtiradi. Bunday imkoniyatga ega bo‘lish uchun ayrim hududlarda allaqachon ishlab olib borilmoqda. Bundan tashqari, bugungi kunda ko‘plab katta chorrahalarda belgilangan qismga kirmasdan o‘ngga burilish imkoniyatini qoldiradigan tarzda ushbu turdagi belgilar qo‘llanilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Bu belgilarning ikkala turidan foydalanish tirbandliklarga qarshi kurashishga qaratilgan va shuning uchun sizning qulayligingiz va xavfsizligingiz uchun mo‘ljallangan. Sizdan bugundanoq ushbu talablarga rioya qilishni boshlashni so‘raymiz: siz boshqa haydovchilarga o‘rnak ko‘rsatasiz va shunda bu tajriba nimaga olib kelishini o‘zingiz ko‘rasiz», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)