20:06 / 15.11.2019
2 315

Eski qarashlardan voz kechaylik, bugun bojxona tizimi o‘zgargan!

Eski qarashlardan voz kechaylik, bugun bojxona tizimi o‘zgargan!
Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bojxona sohasini ham chetlab o‘tmayapti. Hususan, bojxona sohasida ham fuqarolarga hamda tadbirkorlarga qulaylik, erkinlik va shart-sharoit yaratish bo‘yicha yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishga tushirilmoqda.

Ber necha yillar oldin “bojxona xodimi” deganda turli qarashlar, turli hil o‘ylar ko‘z oldimizga kelar edi, ya’ni kim bojxona xodimi bu pora evaziga ko‘plab korrupsion jinoyatlarga qo‘l urishdan tab tortmaydigan davlat xizmatchisi. U bilan “kelishsang oshig‘ing olchi” degan o‘y ko‘plab fuqarolarning xotirasida saqlanib “Streotip” bo‘lib qolgan.

Qaysidir ma’noda bunday qarashlarning dunyoga kelishi-yu va odamlar xotirasida saqlanib qolishida bojxona xodimlarining ham o‘rni bor albatta. Lekin dunyo o‘zgaryapti, odamlar o‘zgaryapti, tizimlar, sohalar o‘zgaryapti, ularning qatorida bojxona sohasi ham o‘zgarayotganini anglash unchalik ham qiyin ish emas.

Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori bilan bojxona hodimlarini ham iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, uy-joy, imtiyozli foizsiz kredit asosidagi avtotransport vositalari bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida bojxona xizmati xodimlarini halol pok mehnat qilishida o‘zining ijobiy natijasini beradi albatta. Zero, ertangi kunidan ko‘ngli xotirjam bo‘lgan insonda bugungi kuniga shukronalik xissi tug‘iladi begumon. Korrupsiya deb nomlanmish illat zamiriga tushmaslikda yuqoridagi keltirib o‘tgan omillarimizning barchasi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda.

Bugun bojxona xizmatchisi korrupsiyani emas, balki o‘z Vatanining ravnaqi, oilasi farzandlari, ota-onasini tanlayotgani davlatimizning byudjetiga kelib tushayotgan mablag‘lar, rejalarni bajarilishidan ham bilib olishimiz mumkin. Bu ham ona yurtimizning har tomonlama rivojlanishida o‘zining samarasini ko‘rsatadi.

Bojxonachi bilan korrupsiyani yonma-yon ko‘rsangiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 11-08 yoki Andijon viloyati bojxona boshqarmasining (74)228-48-44 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi.
Endi eski qarashlardan voz kechaylik, bojxona tizimi o‘zgardi. Siz aytgan daraxtlar esa kesilib ketdi!
F.Karimov
Andijon viloyati
bojxona boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eski qarashlardan voz kechaylik, bugun bojxona tizimi o‘zgargan!