
Samarqand shahar iqtisodiy sudining 08.07.2019 yildagi qarzdor xususiy korxonasi va “Pirjanov Saparniyaz Abdibaevich” oilaviy tadbirkordan undiruvchi “ASKLEPIY” MChJ chet el korxonasi foydasiga 158 mln. 68 ming so‘m asosiy qarz, 10293 ming so‘m penya, 4140 ming so‘m davlat boji va pochta xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tuman bo‘limi ish yurituviga 02.08.2019 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, 05.08.2019 yilda qarzdorning bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi bilan band solinib, 08.11.2019 yili mazkur qarzdorlik to‘liq undirilgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.
Samarqand ShaharQarzdor XususiyMChJMajburiy IjroChet ElIqtisodiy Sud O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar