Toshkentda AQShga jo‘natishda yordam beraman, deb odamlarni chuv tushirayotgan ayollar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Joriy yilning iyul oyida Mirzo-Ulug‘bek tumanida 62 yoshli Nargis S., 46 yoshli Zulfiya I. va 46 yoshli Dilfuza A.lar 34 yoshli Gulandon A.ga uning oilasini AQShga jo‘natishda yordam berishlarini va’da qilishgan. Buning uchun ayollar jabrlanuvchilardan 16.490 AQSh dollari olganlar. Ammo va’dalariga xilof tarzda pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tergov davomida aniqlanishicha, 2018 yilning may oyidan joriy yilning apreligacha 46 yoshli Zulfiya I., 62 yoshli Nargis S. va 46 yoshli Dilfuza A.lar 37 yoshli Lola A.ga ham uning oilasiini AQShga jo‘natishni va’da qilishgan. Lola ularga jami 17 420 AQSh dollari bergan. Ammo va’dalarida turmagan fuqarolar pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Ayblanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha qo‘shimcha ayblov yuklandi. Ayni paytda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi