2 773
«Narxoz» 5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tmoqda, universitetda forma butunlay bekor qilindi
«Xalq so‘zi Online» xabar berishicha, bugun, 22 noyabr kuni universitetning yangi rektori Kongratboy Sharipov professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi yig‘ilishda oliy ta’lim muassasida joriy etilayotgan yangi tartib haqida ma’lum qilgan.
Endilikda, 25 noyabr - keyingi haftaning dushanba kunidan boshlab universitetda o‘qish haftasi besh kunlik etib belgilandi va majburiy forma ham butunlay bekor qilindi.
«Endi talabalar o‘qishga istalgan kiyimida kelishi mumkin. Hech kim ularni ko‘ylak kiyishga, galstuk taqishga majburlamaydi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida iqtisodiyot universitetida «katta tozalash» ishlari boshlangani haqida xabar berilgan edi. Universitetning avvalgi rektori Bahodir Hodiyev ishdan olinib, uning o‘rniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratboy Sharipov tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”