16:32 / 23.11.2019
2 720

Yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Dunyo bo‘ylab har yili yangi yil tantanalari arafasida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga doir holatlar va uning salbiy asoratlari ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Respublikamizda esa bu kabi holatlarning oldini olish borasida aniq huquqiy mexanizmlar joriy qilingan.

2010 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Pirotexnika buyumlari muomalasini tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi yuzasidan ma’muriy va jinoiy javobgarlikning kuchaytirilishi bu borada bojxona organlari zimmasidagi mas’uliyatni ham yanada oshirdi.

Respublikamiz bojxona xodimlari tomonidan mamlakatimizga sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan maishiy pirotexnika vositalari kirib kelishining oldini olish yo‘nalishida doimiy tezkor tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida fuqaro E.I. salkam 145 ming dona 3 xil nomdagi nomli pirotexnika vositalarini 18,6 million so‘mga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan horijdan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining qo‘l yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida, yo‘lovchilardan biri fuqaro J.T. 16 dona pirotexnika vositalarini o‘rindiqning yuqori qismida yostiqlar orasiga berkitib olib kelayotganligi fosh etildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi