
Bojxonachilar tomonidan uyali aloqa vositalari va aksessuarlarining yurtimizda noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan turli nayranglar ishlatilib, uyali aloqa vositalarini olib kirishga boʻlgan urinishlar hamon uchrab turibdi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona konunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida fuqaro S.O. boshqaruvida boʻlgan “Lasetti” rusumli avtoulov toʻxtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida yoʻlovchi fuqaro T.Z. tomonidan tegishli hujjatlarsiz, umumiy qiymati 1 milliard 36 million soʻmlik 41 dona uyali aloqa telefonlari va 795 dona qoʻl soatlari olib ketilayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar