Dmitriy Pan / Foto: Uznews
IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy bayonotida aytilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2019 yil 23 noyabr kuni Dmitriy Pan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni sifatida ishlab kelgan general-mayor Dmitriy Valerevich Pan ishdan olingani xabar qilingandi.
Shuningdek, ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Muhiddin Jo‘rayev va IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Pormonov ham lavozimidan ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?