date
views 2 565

Tamaki va alkogol markirovkalanadigan hamda kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi

Tamaki va alkogol markirovkalanadigan hamda kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi
«Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil dekabr oyidan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining tajriba loyihasini amalga oshirishda ixtiyoriy ishtiroki ularning majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash hamda davlat tilida markirovka qilish tartiblariga rioya etishdan ozod etmaydi.

2019 yil dekabrdan sigaretlar va alkogol mahsulotlari identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek, qaror bilan Sigaretlarni markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtincha nizom va Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtincha nizom tasdiqlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki va alkogol markirovkalanadigan hamda kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi