
Men bukmekerlikning legallashishiga qarshiman. Buni kasbim tomondan asosli tarzda tushuntirib beraman:
Xalqimizning hozirgi pallada iqtisodiy jihatdan topayotgan daromadlari ko‘p emasligi sir emas. Shunday ekan, bukmeker xizmatlariga ko‘pchilik qiziqmaydi. Qiziqadiganlar ozchilikni tashkil qiladi.
Qiziqmaslikning asosiy sababi:
1. Internet orqali ko‘p harakatlarni amalga oshirish kerak. Bu noaniq narsaga, ishonchsiz tashkilotga pul tikishdir, shubhali amaldir.
2. Erkin va hamma ham foydalana olmaslmigi.
Futbolni rivojlantirish bahona bo‘lolmaydi. Futbolni rivojlantirishni avvalo yaxshi o‘ynashdan boshlash kerak. Bu sport turiga usiz ham keragidan ko‘p pul sarflanmoqda. Natija yo‘q, qimmatga trenerlar sotib olib, pul yuvilmoqda.
Endi bevosita bukmekerlik nega fojia ekanini tushuntirib beraman:
1. Yuqorida ta’kidlaganimdek, odamlar stavka qilishlari uchun barerlar borligi uchun xalq ushlanib turibdi. Agar biz bu to‘siqni ochib qo‘ysak, birinchi o‘rinda kunini zo‘rg‘a ko‘rayotgan qatlam o‘ynashni boshlaydi, chunki boshida yutib olgandan so‘ng azartga kirishi tabiiy. Lekin stavkalarda yutgandan ko‘ra yutqazgani ko‘p bo‘ladi va albatta yutgan ham uzoq o‘ynaganda yutqazadi.
Azartga kirgan iste’molchi topgan pulini tikishni boshlaydi, oilasini, farzandlarini, ro‘zg‘orini o‘ylamay qo‘yadi, ichishni boshlaydi, kunini bukmeker kontorasida o‘tkazadi.
E’tibor bering, nega quyi qatlam mukkasidan ketadi?
2. Quyi qatlam mukkasidan ketishini sababi, iqtisodiy nochorligi va tez boyib ketish motivatsiyasi, oson pul deb o‘ylashidir.
3. Omil esa, erkinlik berilgandan sung bukmekerlik kompaniyalari reklamaning hamma turidan foydalanib, hamma joyni egallab, aholining miyasini boshqara boshlaydi.
4. Firibgarlar paydo buladi, ularni "kaper"lar deyishadi. Ular biz sizga tez pul topishni o‘rgatamiz shaklida propaganda qiladi. Ular psixologik boshqaruv usulidan (NLP — neyro-lingvistticheskoye programmirovaniye) foydalanadi.
Boy hayot tarzini ko‘rsatish, men faloncha pul topayapman deb yolg‘ondan ta’kidlash, ijaraga inomarka, uylar va hokazo chiroyli suratlarni ko‘z-ko‘z qilish bilan maqsadga erishmoqchi bo‘lishadi. Va, albatta, muvaffaqiyatli prognozlarni taklif qilishadi: xuddiki ularda tahlilchilar bor va ular sizga prognoz taklif kiladi, aslida esa pulingizga kuygan bo‘lasiz.
Eng achinarlisi, ularni topish va qonun tomondan jazolash, isbotlash ham judayam qiyin.
Iltimos, futbolni rivojlantirish niqobi ostida xalqni parokanda qilmanglar.
Aziko Madaminov
Manba: Sof.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar