date
views 5 991

Bosh prokuratura bayonoti: «GAI» xodimlari bilan tortishuvdan so‘ng sirli tarzda vafot etgan haydovchi...»

Bosh prokuratura bayonoti: «GAI» xodimlari bilan tortishuvdan so‘ng sirli tarzda vafot etgan haydovchi...»
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Haydovchi Qoraqalpoqda DAN xodimlari bilan janjaldan so‘ng sirli tarzda olamdan o‘tdi…” sarlavhali maqola yuzasidan Bosh prokuratura bayonot tarqatdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 12.11.2019 yilda A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynou” yo‘nalishida N.Holiqovni murdasi topilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, 12.11.2019 yilda taxminan soat 22:00larda Qo‘ng‘irot tumanidagi bojxona postida fuqaro S.Urinov boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB 3-safarbarlik guruhi inspektorlari tomonidan to‘xtatilib, yo‘l harakati xavfsizligi qoidasi buzilganligi holati yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilishi haqida aytilganida, avtomashina yo‘lovchisi O.Xusanov inspektorlarni haqorat qilgan.

O.Xusanov inspektorlar bilan janjallashgan vaqtida avtomashina yo‘lovchisi Samarqand viloyati, Nurobod tumanida yashovchi N.Holiqov ushbu holatni telefonining video kamerasiga olish jarayonida YHXB inspektorlari undan videoga olmasligini so‘rashgan. Shunda, N.Holiqov YHXB inspektorlari telefonini olib qo‘ymasliklari uchun avtomashinadan tushib qochib ketgan.

Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng, A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynou” asfalt yo‘lining 874-875-km.da (tadbir o‘tkazilayotgan joyidan 450 metr uzoqlikda) N.Holiqovning murdasi topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum N.Holiqovning o‘limi yurak qon tomir yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqanligi sabab bo‘lgan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat bo‘yicha YHXB xodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura bayonoti: «GAI» xodimlari bilan tortishuvdan so‘ng sirli tarzda vafot etgan haydovchi...»