16:45 / 27.11.2019
3 820

60 ga yaqin harbiy libosli organ va tashkilot rahbarlari poligonda saf tortdi (foto)

60 ga yaqin harbiy libosli organ va tashkilot rahbarlari poligonda saf tortdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari tarkibi bilan yig‘inlar o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga, shuningdek 2019 yil 15 noyabrdagi Farmoyishiga asosan noyabr va dekabr oylarida ikki bosqichli yig‘in o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan “Chirchiq” poligoni bazasida tashkil etilgan yig‘inning birinchi bosqichida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tarkibi saf tortdi.

Yig‘inning ochilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov so‘z olib, o‘tgan yilgi vazirlik va idoralar rahbarlari bilan tashkil etilgan yig‘in yuqori saviyada o‘tkazilgani, provardida o‘tgan vaqt mobaynida hamkorlikda samarali ish olib borilgani xususida so‘zlarkan, joriy yilgi yig‘in mashg‘ulotlari davomida ham ko‘zlangan umummanfaatlarga erishilishiga ishonch bildirdi, bu yo‘lda yig‘in ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, yig‘in mashg‘ulotlari qatnashchilari kun tartibiga binoan milliy armiyamizdagi eng zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar bilan tanishdi.


Armiya va xalq yakdilligi, Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning yaqindan olib boradigan hamkorligi, harbiy qurilish va milliy armiyamizni kun sayin isloh qilish, mamlakatimizning mudofaa sanoatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan mazkur yig‘in davomida mansabdor shaxslar uch kun mobaynida belgilangan reja bo‘yicha milliy armiyamiz kuch-qudratiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.

Yig‘in mashg‘ulotlarini yuksak saviyada o‘tkazish uchun “Chirchiq” poligoni bazasida barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.



Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘in mashg‘ulotlari 30 noyabrga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 60 ga yaqin harbiy libosli organ va tashkilot rahbarlari poligonda saf tortdi (foto)