
Kecha, 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan taʼminlashdagi muammolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Xabar.uz” nashri maʼlum qilmoqda.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda Bosh vazir sovuq tushishi bilan isteʼmolchilarning elektr energiyasi va gazga boʻlgan talabi keskin oshishini aytib, hali qish kirmasdan turib, energoresurslar taʼminotida oʻta jiddiy muammolar paydo boʻlgani, metro va televideniyeda elektr energiyasi bilan yuz bergan noxush holatlarni keskin tanqid qildi.
«Bu sharmandali holat, – dedi Bosh vazir Abdulla Aripov. – Ommaviy axborot vositalari, internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda aholining haqli eʼtirozlari keng yoritilmoqda. Gaz va elektr energiya yetkazib beruvchilar oʻz ishlariga masʼuliyat bilan qarashmayapti. Mutasaddi rahbarlar shuncha salbiy holatlarga biron marta ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish yoki asosli javob bergani yoʻq. Misol uchun, 27-noyabr kuni sutka davomida 110 kilovolt kuchlanishli 144ta liniyada jami 300-martadan ortiq cheklov amalga oshirilgan.
Ushbu liniyalarda 1 yarim soatdan 5 soatgacha cheklov kiritilishi qanchalik adolatga toʻgʻri keladi? Bu kabi holatlar natijasida aholi tomonidan nafaqat Energetika vazirligiga nisbatan, balki butun Hukumatga nisbatan eʼtiroz paydo boʻlmoqda. 31 ming 413 ta holatda elektr energiyadan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan, zarar miqdori esa 22 milliard soʻmni tashkil qiladi. Gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlari judayam koʻp. Natijada jabrini aholi koʻryapti».
Bosh vazir, shuningdek, belgilangan reja asosida gaz isteʼmolchilarga yetib bormaganini qoraladi. Energoresurslar tejamkorligiga eʼtibor berilmayotgani, tushuntirish ishlari samarali boʻlmayotganini tanqid qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar