10:03 / 01.12.2019
3 309

Zarafshonda 15 metr chuqurga tushib ketgan 3 yoshli qizcha qutqarib olindi (foto)

Zarafshonda 15 metr chuqurga tushib ketgan 3 yoshli qizcha qutqarib olindi (foto)
Foto: FVV
Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida 15 metr chuqurlikdagi o‘raga tushib ketgan 3 yoshli qizcha favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan qutqarib olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berib o‘tgan.

Joriy yilning 30 noyabr kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahrida joylashgan «Miraj-1» bog‘dorchilik dala hovlilarida yashovchi Lobar Mardova Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib, «Vishnyova» ko‘chasi 94-uyning orqa tomonidagi oqava suvlarini tortib olish uchun mo‘ljallangan 15 metr chuqurlikdagi o‘raga, 2016 yilda tug‘ilgan Dilnoza Maqsudova tushib ketganligini aytib uni chuqurdan olib chiqishda yordam so‘rab murojaat qildi.

Voqea joyiga Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik T.Yeshmuratov boshchiligida leytenantlar R.Axmedov, U.Xusanovlar yetib borishgan va zudlik bilan chuqurlik atrofi hamda chuqurlikning tuproq devorlari mustahkamligi o‘rganib chiqilgan. Shundan so‘ng leytenant U.Xusanov arqon yordamida chuqurlikka tushirilgan va qizaloq arqon yordamida sog‘-salomat yuqoriga olib chiqilgan.

Ko‘zdan kechirilganda qizaloq sog‘-salomat ekanligi aniqlandi va unga psixologik yordam ko‘rsatildi. Shundan so‘ng qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish uchun Zarafshon shaxar Tibbiyot birlashmasiga jo‘natilgan.

Hozirgi vaqtda qizaloq sog‘-salomat va ota-onasining bag‘rida bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarafshonda 15 metr chuqurga tushib ketgan 3 yoshli qizcha qutqarib olindi (foto)