14:36 / 02.12.2019
2 710

Turmushi farovon xalq hayotidan mamnun yashaydi

Turmushi farovon xalq hayotidan mamnun yashaydi
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Bekzod Musayev Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida sayyor qabul oʻtkazdi.
Mazkur uchrashuvda qatnashgan 120 nafar fuqarolardan turli xil mazmundagi 80 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi va bu murojaatlarning 45 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi.

Toshloq MFYda yashovchi fuqaro Savur Nishonboyev mahalla simyogʻochlari eskiligi, ichki yoʻllar holati, qish mavsumida tabiiy gazda pasayishi hamda elektr quvvati kamligi yuzasidan arz qildi. DSQ raisi mazkur holatlar yuzasidan tumanning Obodonlashtirish boʻlimi, Elektr tarmoqlar va Avtoyoʻl korxonasi mutaxassislariga topshiriq berib, muammolar ijrosi nazoratga olinadigan boʻldi.

Sayyor qabul davomida qish mavsumi uchun Davlat soliq qoʻmitasi va viloyat sektor rahbari hamkorligida 30 nafardan ortiq xonadonlarga gaz balonlari va koʻmir mahsulotlari tarqatildi hamda 10 nafar muhtoj oilalarga 5 qopdan koʻmir mahsulotlari ham berildi.

Shuningdek, Toshloq MFYning Toshloq koʻchasiga qarashli taʼmirtalab boʻlgan ichki yoʻllarning 500 metriga shagʻal yotqizilganligi, mahalla aholisining ogʻirini yengil qildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turmushi farovon xalq hayotidan mamnun yashaydi