
Voqelik shu yilning 3-dekabriga oʻtar kechasi Toshkentning Chilonzor tumanida roʻy bergani aytilmoqda.
“Black Rose” tungi klubida “chegaradan chiqib” ketgani uchun ichki ishlar boʻlimiga olib kelingan U.Sh. navbatchilik qismi xodimining talablariga boʻysunmasdan uning yuziga “kalla qoʻyib”, tan jarohati yetkazadi.
Manbamizga koʻra, “kalla qoʻygan” shaxs “C.Protect” advokatlik firmasi advokati boʻlib chiqdi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan U.Sh.ga nisbatan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar