Mirzacho‘lda 241 mln. so‘m qarzdorlik undirildi

Mirzacho‘lda 241 mln. so‘m qarzdorlik undirildi
Mirzacho‘l tikuvchilar majmuasi” MChJ “A’zam teks savdo servis” MChJ oldidagi shartnoma majburiyatlarini to‘liq bajarmadi, ya’ni qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamadi.

Shundan so‘ng, mazkur holat Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, qarzdor tomonidan “A’zam teks savdo servis” MChJ foydasiga 189,9 mln. so‘m asosiy qarz, 39,1 mln. so‘m penya, 12,8 mln. so‘m davlat boji, 16.218 so‘m pochta harajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Mirzacho‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Ijro harakatlari davomida “Mirzacho‘l tikuvchilar majmuasi” MChJdan ushbu qarzdorlik to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar