06:00 / 06.12.2019
3 629

Nega boy insonlar sevgi munosabatlari hamda oilaviy rishtalarda omadsiz bo'lishadi?

Nega boy insonlar sevgi munosabatlari hamda oilaviy rishtalarda  omadsiz bo'lishadi?
LearnVest tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklarning deyarli to‘rtdan bir qismi (24 foizi) moliyaviy muammolar tufayli turmushlaridan ajralib ketishgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, jamiyatda ajrashayotganlarning ko‘pchiligi boy hamda farovon yashovchilar ekani yuqoridagi faktni inkor etadi.

Nega boy insonlar sevgi bobida omadsizroq bo‘lishadi? «Aslida sevgi borasidagi omadsizlik yoki omadlilik tushunchasi yo‘q. Shunchaki bu insonlarning odamlarni to‘g‘ri ajrata olishi yoki to‘g‘ri qaror qabul qilishlari bilan bog‘liq tushunchadir», - deydi mutaxassislar.

Chunki boy insonlar doimo yuqori statusga ega bo‘lganlari bois, ularning takliflari yoki talablari «xo‘p» deb javob beruvchilar orasida bo‘lishadi. Ularning barchasi doimo men haqman yoki hayotim doimo bir tekisda o‘tadi degan noto‘g‘ri qarashga ega bo‘lishadi.

O‘rtamiyona yashovchi insonlar toifasi esa hamisha hayotning zarbalariga o‘zlarini tayyorlab borishadi. Bu ikki toifa o‘rtasidagi sevgi muammolari ham ularning qarashlari bilan bog‘liq ravishda farqlanadi.

Farovon turmush tarziga ega insonlar o‘z juftlarining kichkina xatosini ham bo‘rttirib ko‘rsatishadi hamda doimo o‘zlarini haq deb o‘ylashadi. Bu holat ularda «narsissizm» (o‘zini sevish) juda yuqori darajadaligini bildiradi. Bu esa ularning oilasi tez-tez buzilishiga sabab bo‘ladi.

Boy oilalarning tez buzilishiga sabablardan yana biri ularda tanlovning ko‘pligi ekan. «Men yana boshqasini topishim mumkin», - degan fikr ularda juda ham kuchli bo‘lar ekan. Hayotiy rishtalar hamda munosabatlar borasida boylar anchagina «zaif fikrlashga egaligi» tajribalarda o‘z isbotini topgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega boy insonlar sevgi munosabatlari hamda oilaviy rishtalarda omadsiz bo'lishadi?