
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan bayram tantanalarida soʻzlagan nutqida yaqinda Oliy majlis Senati qabul qilgan byudjet toʻgʻrisidagi qonunni tarixiy voqea deya atadi. Shuningdek, ilgari byudjet pullari qayerga ketayotgani mavhum boʻlganini esladi:
“Ilgari byudjet pullari qayerga ketishini jamoatchilik bilmasdi. Mavhum edi. Byudjet toʻgʻrisidagi qonun haqiqatda katta yangilik boʻldi. Xalqimiz qayerga qancha pul ketyapti bilishi kerak. Bu tarixiy voqea”.
Shuningdek, Davlat rahbari Oʻzbekistondagi advokatlik faoliyati talab darajasida emasligini aytdi. Advokatlik institutlari mustaqil boʻlishi uchun barcha zarur ishlar amalga oshirilishi lozimligini maʼlum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar