Majburiy ijro byurosining Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjati bo‘yicha harakatlar olib borildi va undirib berildi, deb xabar beradi MIB Namangan viloyat boshqarmasi.
Ya’ni, sudning qaroriga ko‘ra qarzdorlar “BAXMAL JUICE” MChJ, “MARVEL JUICE Co” MChJ, “YANGIQURGON AGRO INVEST” MChJ va “O’ZYENGILULGURJISAVDO” MChJ lardan AITB “Ipak yo‘li” banki foydasiga 1.485.712.328 so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Shundan so‘ng, mazkur ijro hujjati talabini bajarish maqsadida garovdagi qarzdor “YANGIQURGON AGRO INVEST” MChJ ga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich bahosi 1 mlrd. 500 mln. so‘m bo‘lgan “Konserva zavod” bino-inshootlari qarzdorlik evaziga xatlandi.
Xatlangan ko‘chmas mulk davlat ijrochisining qarori bilan “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan. Joriy yilning
2 dekabr kuni o‘tkazilgan auksion savdolarida sotilgan bino-inshoot hisobidan AITB “Ipak yo‘li” bankiga 1 mlrd. 485 mln. 712 ming so‘mlik qarzdorlik undirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?