Tun yarmida Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Baxt mahallasi Baxt ko‘chasida turgan uchta «Neksiya» rusumli avtoulovning eshiklari qulfni buzish yo‘li bilan ochilib, avtomashinalarda bo‘lgan pul va bir qancha buyumlar o‘g‘irlab ketildi.
Jumladan, avtomobillarning biridan 250 ming so‘m pul, boshqasidan dori qutisi, o‘t o‘chirish vositasi, xavfdan ogohlantiruvchi belgi, 200 ming so‘mlik ehtiyot qism va 150 ming so‘m pul olingan. Uchinchi avtomashinadan esa «Antiradar» qurilmasi va videoyozuvlarni qayd etish moslamasi g‘oyib bo‘lgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari jinoyatni «issiq izida» ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayon bo‘lishicha, o‘g‘rilikni Forish tumanida istiqomat qiluvchi ikki «shovvoz» – 1996 yilda tug‘ilgan A.T. va 1980 yilda tug‘ilgan I.R. sodir etishgan ekan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?