Foto: Sarhad.uz
DXX Chegara qo‘shinlarining Andijon viloyati Xonobod shahridagi harbiy qismlaridan birida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar harbiy qismni kuzatayotgan shubhali shaxsni payqab qolishdi.
Shundan so‘ng, bu holatga aniqlik kiritish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan ushbu shaxs qo‘lga olinib, DXX va Ichki ishlar idorasi xodimlari bilan hamkorlikda xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida u 1993 yilda Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.E. ismli shaxs ekani ma’lum bo‘ldi.
Uning yon cho‘ntagidan 4,4 gramm miqdorda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi