Prezident tomonidan imzolangan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlarga (xizmatlarga) aksiz solig‘i stavkalari oshiriladi.
Bunda 2020 yildan zargarlik buyumlari uchun 25%, mobil aloqa xizmatlari uchun 20%, kumushdan ishlangan oshxona anjomlari uchun 11%, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz uchun 30%, polietilen granulalar uchun 30% aksiz solig‘i stavkasi joriy qilinadi.
Shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali sotishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib hisoblanadi. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan 1 litr benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz uchun 285 so‘m (2020 yil 1 apreldan esa 350 so‘m), siqilgan gaz uchun esa 435 so‘m (1 apreldan 500 so‘m) aksiz solig‘i olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi