Toshkent shahrida ko‘ngilochar maskanlarni 24 soatlik ish tizimiga o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrini yosh turistlar tashrif buyuradigan Markaziy Osiyodagi asosiy shaharga aylantirish (muzey, teatr, kino, istrohat bog‘lari, restoran va kafelar hamda shu kabi boshqa ko‘ngilochar maskanlarni 24 soatlik ish tizimiga o‘tkazish, yangi ko‘ngilochar maskanlar va ommaviy tadbirlarni tashkil etish) maqsadida “Toshkent-yoshlar shahri” dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish mo‘ljallanmoqda.
Bajarilish muddati - 2020 yil II chorak, ijro uchun mas’ullar - Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxo‘jayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.Aqqulov), nazorat uchun mas’ullar - Vazirlar Mahkamasi (A.Ramatov).
Shuningdek, Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanigacha bo‘lgan masofadagi turizm maskanlarini targ‘ibot qilish, yoshlarni tanishtirish va ommalashtirish maqsadida “Xonobod-Mo‘ynoq” xalqaro yoshlar velo va moto-marafonini o‘tkazish kutilyapti.
Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanigacha bo‘lgan masofadagi turizm maskanlarini targ‘ibot qilish, yoshlarni tanishtirish va ommalashtirish maqsadida “Xonobod – Mo‘ynoq” turizm magistralida yosh turistlar o‘rtasida kvest o‘yinlari turmarshrutlarini ishlab chiqish hamda yoshlar orasida tanlov o‘tkazish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi