Foto: «Nauka.tass.ru»
Internetda 2 yildan so‘ng genetik modifikatsiyalangan bolalar paydo bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi «AIF». Bunga biologiya fanlari doktori, Skoltex va Ratger universiteti (AQSh) professori Konstantin Severinov o‘z munosabatini bildirgan.
— Ertami-kech bu yuz beradi — jarayonni to‘xtatishning iloji yo‘q. Biroq bunday operatsiyalar ko‘p sonli tekshiruv va qo‘shimcha tadqiqotlardan so‘ng amalga oshirilishi zarur. Misol uchun, xitoylik biolog Xe Szyankuy embrionlar genomida tadqiqot o‘tkazdi. U OITSga chidamlilikni oshirdi. Biroq buning uchun hech qanday tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmagan. Xavf-xatarni oldindan baholab bo‘lmaydi. Oyoq-qo‘lsiz bola tug‘ilganda nima bo‘lardi?
Vaqti kelib genni tuzatish yordamida odamzodni ko‘pgina genetik kasalliklardan xalos etish mumkin, deb o‘ylayman. Ma’lumki, irsiy kasalliklarni 5 mingta gen mutatsiyasi keltirib chiqaradi. Ularni davolash mumkin bo‘ladi.
Hozir odamzodning genofondi yomonlashyapti. Ba’zilar genlarning nomuvofiq kombinatsiyasiga ega. Ilgari bunday mutatsiya sohiblari tirik qolmagan yoki zurriyod qoldirmagan. Biroq zamonaviy tibbiyot keyingi avlodga genlarning yaxshi kombinatsiyasini qoldirish imkonini beryapti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi