Muftiy Usmonxon Alimovning oilasida katta yo‘qotish yuz berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining ukasi Sultonxon Alimovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.
“Alloh taolo oxirat safariga kuzatilayotgan marhumning gunohlariga kafforat qilib, barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumning ahli-ayoli, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan muftiy hazratlariga va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi xabarda.
Janoza namozi 2019 yil 13 dekabr kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘ida bo‘ladi.
Fursatdan foydalanib, “Zamin” jamoasi ham Muftiy Usmonxon Alimovning yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi