Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev ichki ishlar tizimi, xususan, «pasport stol»lar faoliyatini tanqid qildi.
«Odamlarning eng ko‘p muammosi ichki ishlar va sog‘liqni saqlash tizimida. Ichki ishlarda ham faqat «pasportnыy stol» va YPXga ishi ko‘p tushadi. Har ikkisida ham muammo yetarlicha topiladi», — deydi Farrux Dadaxo‘jayev Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida.
Senator «pasportnыy stol»da ham kriminal borligini ta’kidladi.
«Pasport berish tizimi kriminalga to‘la. Buni to‘liq yo‘qota olmasmiz, lekin imkon qadar kurashishimiz kerak. Besh million nafar fuqaromiz chet elda. Ular xorijga chiqish pasportini olish uchun qancha ovora bo‘ladi? Ovora bo‘lib kelib, hujjat to‘g‘rilagandan keyin ham o‘zining pasportini olish uchun pul berishi kerakmi?», — deydi u.
Shuningdek, qo‘mita raisi fuqarolarga pasport berish bo‘limlarida personalning asosiy qismini erkaklar tashkil etishini qoraladi.
«Barzangiday erkaklar qo‘lida bittagina kichkina pechatni ushlab o‘tirib olgan. Bu tizimda erkaklarning sonini kamaytirish, personalning asosiy qismini ayollar tashkil etishi lozim», — deya qo‘shimcha qildi Dadaxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi