3 894
Rasul Kusherbayev prokuraturadan Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq voqeaga huquqiy baho berishni so‘radi
15 dekabr kuni «Demokratik debat»ning navbatdagi sonida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev prokuraturadan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq navbatdagi shov-shuvli holatga huquqiy baho berishni so‘radi, deb xabar beradi «Kun.uz».
«Biz bu bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan, Bosh prokuratura huquqiy baho berishini so‘raymiz. Umid qilamizki, ular vaziyat yuzasidan aniq huquqiy baho beradi va tegishli javobgarlik masalasini kerak bo‘lsa kun tartibiga olib chiqadi hamda jamoatchilikni uning natijasidan xabardor qiladi», – dedi deputat.
U hokimga bu safar qanday jazo berilishi haqidagi savolga ham javob qaytardi.
«Nima bilan qutulishi-qutulmasligini hozir ayta olmayman, chunki bu bizning vakolatimizdagi ish emas. Lekin biz umid qilamiz va talab qilamizki, jamoatchilik fikrini hisobga olib, hech kim bunaqa darajada bosim o‘tkazish va qo‘rqitishga haqli emas. Jumladan, hokimlar ham. Qonunlar hamma uchun barobar va xalqning irodasi bilan qabul qilingan. Qonunlarga oyoq qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q. Marhamat qilib javob berishi shart», – deydi parlament a’zosi.
Hozircha huquq organlari holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi ekani gumon qilinayotgan yana bir audioyozuv tarqaldi.
Audioda ovoz egasi gaz ta’minotidagi muammolardan norozi bir guruh aholi vakillari noyabr oyi oxirida Quva tumanidagi avtomobil yo‘llaridan birini to‘sib qo‘ygani haqida gapiradi va ushbu tuman hokimi Ravshan Qurbonovdan bu voqealarni videoga olgan shaxsning «janozasi qachon o‘qilishi»ni so‘raydi.
«Chora ko‘rish emas bu, janozasi o‘qilsa keyin hisob endi uni», deydi ovoz egasi bu borada chora ko‘rilganini aytgan tuman hokimining javobidan qoniqmay.
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati bu audioni soxta va «pranker» (ovoz o‘xshatuvchi)lar tomonidan tayyorlangan, deya munosabat bildirdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, bu «Ozodlik»ning Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga nisbatan navbatdagi tuhmati.
«2 dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi o‘xshatilgan so‘zlar biron bir selektor yig‘ilishida Shuhrat G‘aniyev tomonidan aytilmagan. Shuhrat G‘aniyev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq o‘tkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda hech qachon tanbeh bermagan», – deyilgan hokimlik bildirishida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi