Qarzdorga aliment undiruvi yuzasidan sud qarori chiqarildi. Sud qarori pochta orqali ijroga yetib kelgunicha qarzdor ota indamasdan Rossiya davlatiga ketib qolgan. Ijro harakatlari olib borilib otaga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Ot aylanib qozig‘ini topgani kabi ota ham bir kuni boshini egib ijrochining oldiga kelishga majbur bo‘ladi. Chunki sud qarori ijrosini ta’minlovchi ijrochilardan qochib bo‘ladimi. Qochoq otani "osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan" tortib byuroga olib kelishdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor J. Qarayevdan undiruvchi N. Xudoyberdiyeva foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar 1/4 qism miqdorda aliment undirish belgilangandi. Demak, qarzdorning sud qarori chiqqan kundan eski to‘lamagan oylari uchun aliment qarzi bugungi kundagi summa bo‘yicha hisoblab chiqildi.
Unga qo‘ra qarzdorning 70 oy to‘lanmagan aliment puli summasi 27 441,0 ming so‘mni tashkil etdi. MIBning Yangiyer shahar bo‘limi davlat ijrochilari olib borgan ijro harakatlari natijasida qarzdor mavjud aliment pullarini to‘liq to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin