
Andijon viloyatida joylashgan gaz quyish shoxobchasida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
16 dekabr kuni soat taxminan 12:00 da Andijon tumani «Jahonobod» MFY hududida joylashgan «Shodlik ishonch servis» MCHJga tegishli gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 rusumli avtomashinaning gaz balonida portlash sodir bo‘lgan, hodisa oqibatida haydovchi X.K tan jarohati olgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlash sabablari aniqlanmoqda.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar