O‘zbekistonda avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etiladi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev 17 dekabr kuni matbuot anjumanida shu haqdagi savolga javob berar ekan, ushbu yig‘im soliq deb hisoblanmasligiga e’tibor qaratdi.
«[Avtomobillarga soliq solinishi haqidagi] bunday xabarlar asossiz, avtomobillarga qo‘shimcha soliq joriy etilishi rejalashtirilmagan. O‘sha xarid chog‘ida to‘lanadigan 3 foizlik soliqdan tashqari soliqlar undirilmaydi. Qo‘shimcha soliqlar faqat sarflanadigan yoqilg‘idan olinadi», – deydi Musayev.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada tuman va shahar deputatlariga avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etish huquqi berildi.
Yig‘im summasi transport vositasi dvigatelining quvvati va hudud aholisi daromadlari darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi