Bugun, 19 dekabr kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi zalida «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» shiori ostida o‘tkazilayotgan bahs-munozaralarning navbatdagi majlisi o‘tkazilmoqda.
«O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sharoitida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish» mavzuida o‘tayotgan anjumanda AOKA direktori Komil Allamjonov O‘zbekistonla so‘z erkinligi vaqtinchalik deya aytilayotgan fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi:
«Bizda endi orqaga yo‘l yo‘q. So‘z erkinligi davri tez tugaydi, OAV, ijtimoiy tarmoqlar yopiladi deyish noo‘rin. Yo‘q, biz orqaga qaytmaymiz. Internet rivojlanib borayotgan davrda boshqa yo‘limiz ham yo‘q. O‘zbekistonda so‘z erkinligini mustahkam o‘rnatish davom etiladi. O‘zbekiston qayta yopilmaydi. Bizning Agentligimiz bor ekan, bunga yo‘l qo‘ymaymiz», deya ta’kidladi Komil Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...