10:24 / 25.12.2019
2 885

Toshkentdagi saylov uchastkasida ovozlar soxtalashtirilgan: jinoyatga mutasaddilarning o‘zi aralashgani aytilmoqda

Toshkentdagi saylov uchastkasida ovozlar soxtalashtirilgan: jinoyatga mutasaddilarning o‘zi aralashgani aytilmoqda
Kun.uz tahririyatiga Toshkent shahar Bektemir tuman 18-Visol saylov okrugidagi 105-saylov uchastkasida saylov uchastkasi a’zolari tomonidan saylov natijalari soxtalashtirilgani aks etgan videomaterial kelib tushdi.

Тошкентдаги сайлов участкасида овозлар сохталаштирилган: жиноятга мутасаддиларнинг ўзи аралашгани айтилмоқда ???? https://kun.uz/44929905

Опубликовано Kun.uz Вторник, 24 декабря 2019 г.

Hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, saylov jarayoni yakunlanishini kutib o‘tirgan kuzatuvchilarni o‘zini «Adliya vazirligidan», deb tanishtirgan noma’lum shaxslar kuzatuvchilarning hujjatlarini tekshirish bahonasida boshqa xonaga olib chiqib ketishadi. Kuzatuvchilarning yo‘qligidan foydalanib, saylov uchastkasi mutasaddilari oldindan tayyorlab qo‘yilgan byulletenlarni saylov qutichasiga tashlagan.

Ushbu holat kuzatuvchilardan birining doimiy yoniq turgan kamerasiga yozib olingan. Videoda mazkur qonunbuzarlik jamoa bo‘lib amalga oshirilgani, saylov uchastkasining ayrim a’zolari eshikka ko‘z-quloq bo‘lib turgan vaqtda boshqalari soxta byulletenlarni saylov qutisiga tashlayotgani ko‘ringan.

Ushbu saylov uchastkasida O‘zLiDep partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Umid Xudoyberganovning ishonchli vakili Rahmatilla Ataxanov mazkur holat yuzasidan MSK va prokuratura organlariga murojaat qilib, qo‘lidagi barcha dalillarni taqdim etganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi saylov uchastkasida ovozlar soxtalashtirilgan: jinoyatga mutasaddilarning o‘zi aralashgani aytilmoqda