date
views 2 866

“Elektrhisob” dasturiga kiritilmagan mablag‘ fosh etildi

“Elektrhisob” dasturiga kiritilmagan mablag‘ fosh etildi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan iste’molchilarning elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlaridan foydalanishi muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda. Olib borilayotgan tadbirlar davomida ayrim yuridik iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan qing‘ir yo‘llar orqali foydalanish uchramoqda.

Masalan, Namangan shahrining Zarbdor mahallasida joylashgan shirinlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonaning transformatorini ishlash ahvoli va MCHJga tegishli bo‘lgan hisobga olish asboblari ko‘zdan kechirilganda foydalanilgan elektr energiyasini sarfini yashirish holati fosh etildi.

Gap shundaki, temir-beton hamda panel mahsulotlari ishlab chiqaradigan jamiyat “Elektrhisob” dasturi bo‘yicha elektr energiyasi hisobi uchun 200/5A tok transformatorlari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, joyida 400/5A tok transformatorlari o‘rnatilganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha elektr energiyasi hisobi qayta ko‘rib chiqilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 54 mln. 206 ming so‘m miqdorida hisobga olinmagan elektr energiya zarari aniqlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Elektrhisob” dasturiga kiritilmagan mablag‘ fosh etildi