12:45 / 27.12.2019
3 065

Poyezd vagoniga berkitilgan “opiy” giyohvandlik moddasi fosh etildi

Poyezd vagoniga berkitilgan “opiy” giyohvandlik moddasi fosh etildi
Yurtimizga turli yashirin va noqonuniy yo‘llar orqali zahri qotil – giyohvandlik vositalarini olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Karat” laqabli xizmat iti yordamida o‘tkazilgan tekshiruv davomida, poyezdning bo‘sh vagonlaridan birida og‘irligi 1112,57 grammni tashkil etuvchi “opiy” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poyezd vagoniga berkitilgan “opiy” giyohvandlik moddasi fosh etildi