
MIB Buxoro viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan kirib kelayotgan “Yangi 2020 yil” arafasida kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olmoqda. Ayniqsa, saxovatpesha insonlar tomonidan ehtiyojmand oilalarning kommunal to‘lovlardan qarzdorligi to‘lab berilishi tadbirlarini uyushtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Buxoro shahar, 3-son Furqat nomli mahalla fuqarolar yig‘ini Toshpo‘lot Xamid ko‘chasi 22-uyda yashovchi Saidov Sunnat uyida kelib chiqqan yong‘in tufayli mol-mulkidan ayrilgan edi. MIB Buxoro shahar bo‘limi tashabbusi bilan mazkur xonadonning 400 ming so‘m tabiiy gazdan bo‘lgan qarzdorligi saxovatpesha insonlar tomonidan to‘lab berilishi ta’minlandi.
Xuddi shunday, Buxoro shahar “Beklar” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oila Munira Jo‘rayevaning 1 mln. 400 ming so‘mlik tabiiy gazdan qarzdorligi saxovatli insonlar tomonidan to‘lab berilishi ta’minlandi.


MIBBuxoro ViloyatiEhtiyojmand OilalarKommunal To‘lovlarSaxovatli InsonlarYangi Yil O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar