20:02 / 03.01.2020
3 672

300 nafar sobiq “Umid”chilar Toshkentda to‘planishdi

300 nafar sobiq “Umid”chilar Toshkentda to‘planishdi
Foto: Sof.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida Toshkent shahrida “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilarining “Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari” mavzusidagi birinchi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda 300 nafar sobiq “Umid” jamg‘armasi stipendiyalari sovrindorlari, shu jumladan, 90 dan ortiq xorijda istiqomat qilayotgan, zamonaviy bilim va qimmatli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarimizning ishtirok etishmoqda.

Konferensiyaning birinchi qismida “Umid” jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olib, hozirda rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan vatandoshlarimiz chiqishlar qildilar. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, Adliya vaziri Ruslan Davletov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev xorijdagi o‘qishlari va faoliyatlari, O‘zbekistonda erishgan yutuqlari, hozirda amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida so‘zladilar.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hozirda yangilanayotgan O‘zbekistonda iqtidorli, harakatchan kadrlar qo‘llab-quvvatlanayogani, ularning mehnat qilishlari, islohotlarda faol ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani haqida gapirarkan, bugunda iqtisodiyotimizning turli sohalariga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning boshida malakali, keng dunyo qarashli, jahon tajribasini yurtimizga olib kirishga qodir mutaxassislar turishi kerakligiga urg‘u berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 300 nafar sobiq “Umid”chilar Toshkentda to‘planishdi