O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 7 foizga oshirildi.
OO‘MTV axborot xizmatining xabar berishicha, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish xarajatlarining asosiy qismini, ya’ni 91 foizini ish xaqi va stipendiya to‘lovlari tashkil etishi inobatga olinib, 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati respublikadagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘landi va unga nisbatan karra barobarida belgilangan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori (oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bundan mustasno) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda joriy o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun o‘zgarishi mumkin.
Shu munosabat bilan, 2019/2020 o‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlariga o‘zgartirish kiritilganda, qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi