
O‘zbekistonda ko‘chalarni ta’mirlash va sifatini nazorat qilib borishni ushbu ko‘chaga o‘z otasi nomini qo‘yishni istaganlarga yuklash taklif etildi.
«Bizda kim ko‘p, otasining nomini ko‘chalarga qo‘ymoqchi bo‘lganlar ko‘p. 5-6 yil oldin shunaqa urinishlar ko‘payib ketgan edi. Nazarimda, hukumat sal boshqacha yo‘l tutib, taqiqlash emas, bunaqa urinishlardan xalqqa nafi tegadigan tarzda foydalanish yo‘lidan borish kerak.
Dabdalasi chiqib yotgan yo‘llarni — ular Toshkentdagi mahallalarda ham juda ko‘p — puldorlarga otasining nomini ko‘chaga qo‘yish sharti bilan bo‘lib berish lozim: yonidan xarajat qilib, yaxshilab ta’mirlasin, keyin ham otaliqqa olib, o‘ydim-chuqurlarini yamab tursin. Ham otasini ulug‘laydi, ham xalqqa yordami tegadi.
Ular «otangga rahmat» degan savobni olib turish uchun o‘sha ko‘chalarni o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi aniq», — deb yozadi @fikr kanali. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar