14:37 / 06.01.2020
3 571

Kayfiyatni buzadigan 7 mahsulot qaysilar?

Kayfiyatni buzadigan 7 mahsulot qaysilar?
Butun dunyodagi parhezshunos(diyetolog)lar jahldan qutulib, kayfiyatni yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlarni aniqlashganiga ancha bo‘ldi. Bunday ne’matlar iste’moli organizmda endorfinlar, ya’ni baxt gormonlari ishlab chiqarilishiga ko‘mak beradi.

Biroq hamma iste’mol mahsulotlari ham aslida kayfiyatni ko‘taravermas ekan. Ayrimlari bu borada na ijobiy, na salbiy ta’sir ko‘rsatsa, boshqalari faqat qisqa vaqtda kayfiyatni ko‘tarib, shundan so‘ng insonda holatini yanada yomonlashish xavfini tug‘diradi. Amerikalik olimlar esa odam kayfiyatini buzishga qodir yettita mahsulot ro‘yxatini tuzib chiqishdi, deb yozadi “Xalq so'zi“ nashri

1. Chipslar
Ularning tarkibida juda zararli kislota va akrimalid kanserogeni mavjud. Bu moddalar organizmga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi — endorfinlar yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Vaholonki, inson miyasiga ularning doimiy oqimi juda zarur, agar bu holat buzilsa, shu zahoti kayfiyat ham “ketdi” deyavering.

2. Dudlangan go‘sht
Sanoat yo‘li bilan tayyorlangan dudlangan go‘sht tarkibida katta miqdorda shakar, tuz, to‘ldiruvchilar, konservantlar va nitratlar bo‘ladi. Bular insonning ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir ko‘rsatib, yomon kayfiyatni yuzaga keltiradi.

3. Shirin alkogolsiz ichimliklar
Bunday mahsulotlar iste’molidan keyin qonda shakarning keskin ko‘tarilib-tushadi, oqibatda uning miqdori tushib ketadi va kayfiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shirin alkogolsiz ichimliklar odatda depressiya(tushkunlik) rivojlanishining potensial ehtimoliy sabablaridan biri hisoblanadi.

4. Margarin
Ushbu mahsulot omega-6 sanoat yog‘ kislotalaridan tarkib topgan. Garchi olimlar uning zarari ko‘pmi yo foydasi degan masalada uzoq vaqtdan buyon bahslashib kelishayotgan bo‘lsalar-da, qator test sinovlari u rostdan kayfiyatga salbiy ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

5. Qovoqning ishlov berilgan urug‘lari
Ushbu mahsulot tarkibidagi kaliy bromat qalqonsimon bezning yodni yutishini bloklab qo‘yadi. Qolaversa, tibbiyot xodimlari ham uni kayfiyatni buzishga qodir “eng mashhur” mahsulotlardan biri sifatida baholashadi. Yaxshi tomoni, qovoq urug‘lari kayfiyatni faqat qisqa muddatga tushiradi, xolos.

6. Bublik(katta yo‘g‘on teshik kulcha)lar
Ayniqsa, ertalabni bunday mahsulot bilan boshlasangiz yomon. Umuman olganda, nonushtada katta miqdorda uglevodlar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, sababi organizm miyaga nisbatan kechroq uyg‘onadi va ovqat hazm qilish tizimiga bunday mo‘l uglevodni qabul qilishi uchun ko‘p vaqt ketadi. Oqibatda kayfiyat gormonlarini ishlab chiqarish buziladi.

7. Yeryong‘oq
Siz yong‘oqlarda qandaydir zararli narsa bo‘lishi mumkin emas deb o‘ylaysizmi? Xato qilasiz, do‘kon rastalaridagi sho‘r yeryong‘oqlar tarkibida natriy glutamat, ularni qayta ishlashda qo‘shilib qoladigan va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan katta miqdordagi oziq-ovqat qo‘shilmalari bo‘ladi. Hayron qolish mumkin, ammo bu mahsulot ham kayfiyatni buzishga ta’sir ko‘rsatar ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kayfiyatni buzadigan 7 mahsulot qaysilar?