
Bahodir Bahromovich Siddiqovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Abdullayev Mehriddin Razzoqovich «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar Abdullayev Mehriddin Razzoqovich O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz»ning keyingi 15 oydagi to‘rtinchi rahbari. Bungacha 2018 yil sentabrgacha kompaniyaga Alisher Sultonov, 2018 yil sentabrdan 2019 yil fevralgacha Bahrom Ashrafxonov, 2019 yil fevraldan 2020 yil yanvargacha Bahodirjon Sidiqov rahbarlik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar