Foto: FVV matbuot xizmati
Joriy yilning 8 yanvar kuni soat 16:10da Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Gulzor MFYda joylashgan «Izza Bobur» oilaviy korxonasiga qarashli yangi qurilayotgan omborxona binosida yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga 6ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:26da yetib borgan. Aytilishicha, eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 15 km. ni tashkil etadi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:40da o‘rab olindi va soat 17:05da o‘chirildi. Buning natijasida, alangada qolgan binoning 300 kv. m. maydoni saqlab qolingan. Ammo, omborxona binosining 190 kv. m. maydonida sintepon qurilish mahsuloti va tom qismi yongan.
Mazkur hodisaning taxminiy sababi, sintepon qurilish mahsulotini bir biriga fen yordamida ulanishida ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Tan jarohati va halok bo‘lganlar qayd etilmadi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi