Foto: «Dizainvfoto.ru»
Ayrim dori vositalarini sovutkichda saqlash tavsiya etiladi. Bu haqda dorini tayinlagan shifokor yoki dorixona xodimi ogohlantiradi. Dorini qabul qilishdan oldin emas, sotib olgan zahoti yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shunda dorini qanday sharoitda saqlash kerakligini bilib olsa bo‘ladi, deb yozadi Xabar.uz.
Agar dori qadog‘ida uni salqin va qorong‘i joyda saqlash kerakligi aytilgan bo‘lsa, demak, harorat +12 – 14 darajagacha bo‘lishi zarur. Bunday dori-darmonlar odatda sovutkichda saqlanadi. Agar xona haroratida saqlanishi aytilgan bo‘lsa, xona haroratida saqlash kerak. Bu +25 darajagacha degani. Agar sovuq joyda saqlanishi aytilgan bo‘lsa, +4 – 6 darajani anglatadi. Bunday dorilarni saqlash uchun sovutkichning sabzavotlarga mo‘ljallangan pastki bo‘lmalari to‘g‘ri keladi. Bunday preparatlar juda kam, deydi mutaxassislar.
Bundan chiqdi, yo‘riqnomasida qorong‘i yoki salqin joyda saqlashi aytilgan dorilarni sovutkichda saqlash zarur.
Tabiiy tarkibli ko‘pgina dorilarni iliq joyda saqlab bo‘lmaydi. Aks holda bakteriyalar ko‘payishi mumkin. Ko‘pincha shifokorlar tarkibida tabiiy yog‘ bo‘lgan shamdori va yog‘li surtmalarni salqin va sovuq joyda saqlashni tavsiya etadi. Shuningdek, bu dorixonalarda tayyorlangan dorilarga ham taalluqli: odatda ularni uzoq muddat saqlab bo‘lmaydi.
Glaukomada ko‘zga tomiziladigan dorilar shular jumlasidan — ularning ayrimlari foydalangunga qadar sovutkichda saqlanadi. Shuningdek, ayrim fermentli dorilarni ham sovutkichda saqlash tavsiya etiladi. Ular kapsula yoki habdori emas, kukun holida chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi