Foto: «Milliy gvardiya»
«O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3210, 13.01.2020 y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
- Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar;
- nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va bosqichlari, xususan nomzodni:
- dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish;
- jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
- psixologik o‘rganish;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish bo‘yicha qoidalar.
Nizomga muvofiq, o‘rta yoki o‘rta-maxsus yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin:
- 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;
- muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
- rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi