Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma tadbirda Angor tumanidagi Yangiobod mahallasida yashovchi A.N. “Qizil kitob”ga kiritilgan 1 bosh buramashoxli echki (morxӯr) va 1 bosh tog‘ qӯyini noqonuniy tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi.
– Mamlakatimizda hayvonot olami ham tegishli qonunlar bilan muhofaza qilinadi, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati rahbari M. Nurmatov. – Shu bois biron qonuniy to‘xtamga kelguncha parvarishlab turish uchun ular Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Bu yerda jonivorlar tegishli klinik veterinar ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida taxminan uch yoshlardagi erkak jinsli buramashoxli echki va urg‘ochi tog‘ qo‘yining orqa o‘ng oyoqlari oqsayotgani, biroq, ishtahasi yaxshiligi aniqlandi.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, jonivorlar davolash uchun alohida valerda saqlanib 30 kunlik karantin kuzatuviga olindi.
– Tuyoqlilar bo‘limiga keltirilgan mazkur jonivorlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga muvofiq saqlash va parvarishlash uchun eng tajribali ishchilarni biriktirdik, – deydi hayvonot bog‘i direktori Sh.Ulashov. – Ayni paytda ahvoli yaxshi. Oqsayotgan oyoqlari ham ancha tuzalib qoldi.
Tutqunlikdan qutqarilgan morxo‘r va tog‘ qo‘yi mehr bilan parvarish qilinib, mutaxassislar nazoratida saqlanayotir.
Ayni paytda Termiz hayvonot bog‘ida 127 turdagi 763 bosh jonivor mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...