
Bugun, 18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda bosh vazir lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Abdulla Aripov o‘zining hukumat rahbari lavozimidagi faoliyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan dastur haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etiladi.
«O‘zbekistonda «Humo Air» aviakompaniyasi tashkil etiladi. Aviakompaniya avvaliga respublika ichida, amaldagidan ancha arzon narxda muntazam aviareyslarni amalga oshirishi mo‘ljallangan. Prezidentimiz bu borada hukumatga jiddiy topshiriq berdilar. Bu vazifani 2020 yilda tashkillashtirib, bajaramiz», - dedi Abdulla Aripov.
Bundan oldin, O‘zLiDeP Abdulla Aripovni O‘zbekiston bosh vazirligiga nomzod sifatida ko‘rsatgani xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar