2 221
Prezident deputatlarga: «Bir oyda bitta muammo hal qiling, sizni tarixingiz paydo bo‘ladi»
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Majlisda davlat rahbari nutq so‘zlamoqda.
«Ta’kidlash kerakki, bu saylovlarda odamlarning siyosiy bilimi, odamlarning partiyalarga ishonchi paydo bo‘ldi. Men debatlarni, tortishuvlarni ko‘rib bordim. Aholining talabchanligi ham oshdi. Odamlarimiz eng kerakli narsalarni so‘rayapti, hal qilib bering, deyapti.
Eng muhimi, partiyalar o‘rtasida raqobat soxta obro‘ orttirishga emas, aholi muammolarini hal qilishga yo‘naltirishi kerak. O‘nta emas, bitta qonun qabul qiling, lekin u odamlarning muammosi, orzusini aks ettirsin.
Bir oyda bitta muammo hal qiling, bir yilda 12 oy bor. O‘zingiz bilan o‘zingiz gaplashganda vijdonan o‘ylang - nima muammoni hal qildim, deb. Bir oyda bitta muammo hal qiling, sizni tarixingiz paydo bo‘ladi.
OAV rivojlanib boryapti, xalq endi sizlarni ko‘rganda mana men saylagan deputat deydi, endi sizlardan bergan va’dangiz bo‘yicha hisob so‘raydi», - dedi prezident.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ekofaollar Myunxen aeroporti ishini to‘xtatib qo‘ydi