O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4546-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi.
Qarorga muvofiq, turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish davlat xizmati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining qaror chiqarish tartibi bekor qilinib, ularning vakolatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga o‘tkazildi va amalda qaror ijrosi ta’minlandi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari tomonidan turar joyni noturar toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish tizimi ishga tushirilgan.
Mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasida biznes jarayonining bir necha martaga qisqarishi, sifatining oshishi, qonunbuzilishi holatlarining oldi olinishi aytilmoqda.
Shuningdek tegishli ruxsatnomalar 8 kun muddatda shakllantirilib, QR kod asosida vakolatli idoraning mas’ul xodimi tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilgan.
Sir emaski, bugungi kunda biznes faoliyatini boshlash va yo‘lga qo‘yish uchun noturar joy ob’ektlarining yetishmovchiligini tadbirkorlarni qiynayotgan asosiy muammolardan biri sifatida sanash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi